Tunislik haqam Maradona qo‘l bilan gol urgan to‘pni sotishdan bosh tortdi

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradona tomonidan Angliya termasi darvozasiga qo‘l bilan kiritilgan to‘p auksionda sotilmadi.
Ushbu to‘p tunislik hakam Ali Bin Nosirga tegishli. U to‘p uchun 2,5-3 mln funt ishlab olishni kutgandi. Kim oshdi savdosida narx 1,4 mln\'dan boshlanib, oxirgi taklif qilingan narx 2 mln funtni tashkil etdi. Tunislik hakamni esa bu taklif qoniqtirmadi va u sotishdan bosh tortdi. Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Bin Nosir ushbu mashhur buyumni dunyo bilan baham ko‘rishning vaqti kelganini aytdi va u xaridorning to‘pni ommaga namoyish etishiga umid bildirdi.
Maradona mazkur to‘p bilan kiritilgan golni 1986 yilgi Jahon Chempionati chorak finalida Angliyaga qarshi o‘yinda kiritgan. O‘shanda Argentina termasi inglizlar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va keyinchalik mundial chempioniga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ushbu to‘p tunislik hakam Ali Bin Nosirga tegishli. U to‘p uchun 2,5-3 mln funt ishlab olishni kutgandi. Kim oshdi savdosida narx 1,4 mln\'dan boshlanib, oxirgi taklif qilingan narx 2 mln funtni tashkil etdi. Tunislik hakamni esa bu taklif qoniqtirmadi va u sotishdan bosh tortdi. Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Bin Nosir ushbu mashhur buyumni dunyo bilan baham ko‘rishning vaqti kelganini aytdi va u xaridorning to‘pni ommaga namoyish etishiga umid bildirdi.
Maradona mazkur to‘p bilan kiritilgan golni 1986 yilgi Jahon Chempionati chorak finalida Angliyaga qarshi o‘yinda kiritgan. O‘shanda Argentina termasi inglizlar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va keyinchalik mundial chempioniga aylandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













