Taekvondo WT. Svetlana Osipova jahon chempioni!

Taekvondo WT. Svetlana Osipova jahon chempioni!
Meksikada oʻtkazilayotgan taekvondo boʻyicha jahon chempionatining yana bir kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli oʻtdi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Svetlana Osipova jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Final bellashuvida Osipova isroillik Dana Arzanni 3 raundda (2:1) magʻlubiyatga uchratdi. Bu bilan Osipova jahon chempionatlarida gʻalaba qozongan oʻzbekistonlik birinchi taekvondochi qiz sifatida tarixga kirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.