JCh—2022. Niderlandiya soʻnggi daqiqalardagi gollar evaziga Senegalni magʻlub etdi (video)

Futbol boʻyicha JCh—2022 1-turida Senegal va Niderlandiya terma jamoalari 21 noyabr, dushanba kuni oʻzaro toʻqnash keldi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimida darvozalar daxlsiz qoldi. Oʻyindagi gol 84-daqiqaga borib urildi: Kodi Gakpo Frenki de Yongning havodan uzatgan toʻpini boshi bilan raqib darvozasiga joylab qoʻydi. Hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqada Devi Klassen jamoasining ikkinchi golini urdi.
Shu tariqa Lui van Gal shogirdlari dastlabki uch ochkoni qoʻlga kiritdi va Ekvador bilan birga guruhda peshqadamlik qilmoqda.
Guruhning boshqa oʻyini 20 noyabr kuni boʻlib oʻtgan, unda Ekvador terma jamoasi Qatar ustidan gʻalabani qoʻlga kiritgandi (2:0).
JCh—2022
1-tur bahsi
Senegal — Niderlandiya 0:2
Gol: 0:1 – 84 Gakpo, 0:2 – 90+9 Klassen.
Senegal: Mendi, Sabali, Kulibali, Sisse, Diallo (Yakobs, 62), Kuyate (Guye, 73), Guye, N. Mendi, Sarr, Diatta (Jekson, 74), Dia (Dieng, 69).
Niderlandiya: Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, de Ligt, Blind, de Ron, de Yong, Bergeys (Kopmeyners, 79), Yanssen (Depay, 62), Bergveyn (Klassen, 79), Gakpo.
Ogohlantirishlar: de Ligt (56), N. Mendi (90+3), Gee (90+6).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uchrashuvning birinchi boʻlimida darvozalar daxlsiz qoldi. Oʻyindagi gol 84-daqiqaga borib urildi: Kodi Gakpo Frenki de Yongning havodan uzatgan toʻpini boshi bilan raqib darvozasiga joylab qoʻydi. Hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqada Devi Klassen jamoasining ikkinchi golini urdi.
Shu tariqa Lui van Gal shogirdlari dastlabki uch ochkoni qoʻlga kiritdi va Ekvador bilan birga guruhda peshqadamlik qilmoqda.
Guruhning boshqa oʻyini 20 noyabr kuni boʻlib oʻtgan, unda Ekvador terma jamoasi Qatar ustidan gʻalabani qoʻlga kiritgandi (2:0).
JCh—2022
1-tur bahsi
Senegal — Niderlandiya 0:2
Gol: 0:1 – 84 Gakpo, 0:2 – 90+9 Klassen.
Senegal: Mendi, Sabali, Kulibali, Sisse, Diallo (Yakobs, 62), Kuyate (Guye, 73), Guye, N. Mendi, Sarr, Diatta (Jekson, 74), Dia (Dieng, 69).
Niderlandiya: Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, de Ligt, Blind, de Ron, de Yong, Bergeys (Kopmeyners, 79), Yanssen (Depay, 62), Bergveyn (Klassen, 79), Gakpo.
Ogohlantirishlar: de Ligt (56), N. Mendi (90+3), Gee (90+6).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













