JCH-2022. F guruhidan Marokash va Xorvatiya nimchorakka yo‘l oldi

JCH-2022. F guruhidan Marokash va Xorvatiya nimchorakka yo‘l oldi
Qatardagi jahon chempionatida F guruhida 3-turdan so‘ng pley-offga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

So‘nggi turda Marokash Kanadani mag‘lubiyatga uchratdi, Xorvatiya va Belgiya o‘rtasida kechgan kurashda hisob ochilmadi.

JCH-2022. F GURUHI. 3-TUR

Kanada — Marokash — 1:2
Gollar
: Hakim Ziyosh (4), Yusuf an-Nasiri (24), Naif Aguerd (40, avtogol)

Xorvatiya — Belgiya— 0:0

Guruhda biron marta mag‘lubiyatga uchramagan Marokash 7 ochko bilan peshqadam sifatida nimchorakka chiqdi. Ikkinchi yo‘llanmani xorvatlar qo‘lga kiritishdi. Belgiya mundial bilan xayrlashdi. Kanadani 2026 yilgi mundialda mezbon sifatida ko‘ramiz.

Yakuniy jadval

JCH-2022. F guruhidan Marokash va Xorvatiya nimchorakka yo‘l oldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.