"Paxtakor" o‘z tarkibini legioner futbolchi bilan kuchaytirdi

"Paxtakor" o‘z tarkibini legioner futbolchi bilan kuchaytirdi
Giorgi Papava \"Paxtakor\"ga ko‘chib o‘tdi. Gruziyalik yarim himoyachi endi toshkentliklar sharafini himoya qiladi.

Faoliyati davomida Gruziyaning \"Dinamo\" Tbilisi va \"Dila\", Kiprning \"Nea Salamis\" va yurtimizda AGMK klublarida o‘ynagan Papava yuqori ligalarda 242 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol muallifiga aylangan.

Yevrokuboklarda 19 uchrashuvda 1 to‘p kiritgan. \"Dinamo\" Tbilisi bilan jamoa sardori sifatida 4 karra Gruziya chempioni bo‘lgan. O‘tgan mavsumni AGMK tarkibida o‘tkazgan.

\"Paxtakor\" matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.