Rasmiy xabar: Vitaliy Denisov AGMK futbolchisiga aylandi!

Faoliyatining ko‘p yillik qismida Ukraina va Rossiyaning nomdor klublarida to‘p tepgan va o‘tgan mavsumning yarmidan Jizzaxning \"So‘g‘diyona\" jamoasida harakatlangan, 2023 yildan e’tiboran erkin agentga aylangan tajribali chap qanot himoyachisi Vitaliy Denisov AGMK futbol klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi AGMK Anzur Ismoilov hamda Oybek Rustamov bilan shartnoma imzolagandi. Shuningdek, AGMK \"Neftchi\" va \"Navbahor\" jamoalarida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishlagan Stoymirovichni jamoaga jalb qilgan edi.
Manba: AGMK matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.