"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino dangal gapirdi

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino dangal gapirdi
\"Roma\" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoani kuchaytirish bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Murabbiy katta transferlarni kutmasligini ta’kidladi.

\"Men kimdir kelishini kutmayman. Direktor Tyagu Pintu ochiqchasiga gapirdi. U murabbiy eshitishni istamaydigan gaplarni aytdi. Murabbiylar 4 ta variantni sotib olish uchun ko‘plab pul ajratilishini, aql bovar qilmas jamoa qurishni xohlaydi. Ammo bular orzu.

Men shunday budjetga ega klublarda ishlaganman. Hozir bunday jamoalar ko‘p, lekin bu bizning profil emas. Biz ishlaymiz, borimizni beramiz.

O‘smirlarimiz o‘sishi uchun qiziqishimiz lozim. Tohirovichning o‘ziga hos fazilatlari bor. Bizga to‘pni himoyadan mohirona olib chiqa oladigan futbolchi kerak. Yechim qidirish darkor, shunchaki Mudrikni 100 million yevroga sotib olib bo‘lmaydi
\", - dedi Joze.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.