Shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir: Nodirbek va Jahovirda durang, turnir jadvalidagi vaziyat

Shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir: Nodirbek va Jahovirda durang, turnir jadvalidagi vaziyat
Niderlandiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli musobaqaning 10-turi yakuniga yetdi. Ma’lumki, Nodirbek Abdusattorov masters guruhidagi ajoyib ishtiroki bilan barchaning diqqat-markazida bo‘lib turibdi.

Ushbu turda u asosiy raqiblaridan biri xitoylik Ding Liren bilan murosa ko‘chasini tanladi. 10-turdan keyin Abdusattorov 7 ochko bilan hamon peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir: Nodirbek va Jahovirda durang, turnir jadvalidagi vaziyat
Chellenjerlar guruhi g‘olibligi uchun kurashayotgan Javohir Sindorov ham bu gal durang qayd etdi. Mezbon Ervin L\'Ami bilan kechgan bellashuvdan so‘ng Sindorov 6.5 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etib turibdi.
Shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir: Nodirbek va Jahovirda durang, turnir jadvalidagi vaziyat
Bugun musobaqa doirasida dam olish kuni hisoblanadi. Bahslar 27 yanvardan boshlab davom ettiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.