Kongolik ayol futbolchilar hakamni tutib olib kaltaklashdi (video)

Kongolik ayol futbolchilar hakamni tutib olib kaltaklashdi (video)
Kongo demokratik respublikasidagi ayollar futbol chempionatida kutilmagan holat yuz berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Motema Pembe» ayollar klubi futbolchilari chempionatning «Mazembe» klubiga qarshi uchrashuvida belgilanmagan penalti sababli hakamga hujum qilishdi.

Quyidagi videoda hakam uni ta’qib qilayotgan yetti nafar o‘yinchidan qochib qutulishga astoydil urinayotgani va futbolchilar unga zarba berayotganini ko‘rish mumkin.

Natijada sportchilar hakamga yetib olishgan va uni kaltaklay boshlashgan. Stadion xodimlari aralashib, hakamni tribuna ostiga olib ketishgan.

Eslatib o‘tamiz, «Motema Pembe» bu vaqtga kelib 1:5 hisobida mag‘lub bo‘layotgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.