"Dinamo" ganalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

"Dinamo" ganalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

«Dinamo» jamoasi Pro liga yangi mavsumi oldidan o‘z safiga yangi o‘yinchilarni qo‘shib olishda davom etmoqda.

Toshkentdagi yig‘in davomida «Dinamo» safida faol harakat qilib, murabbiylar ishonchini qozongan ganalik yarim himoyachi Mensah Derrik Ediyya klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

O‘z vaqtida Gana yoshlar jamoasi safida to‘p surgan 27 yoshli yarimhimoyachi o‘tgan yillar davomida Tunisning «Klub Afriken», Chexiyaning «Banik», «Karvina», «Xavirov», Bolgariyaning «Dunav» jamoalari sharafini himoya qilgan. Derrik 2022 yilgi mavsumda Chexiya quyi ligasi vakili «Xavirov» klubi safida to‘p surgan.

Ma’lumotnoma:

Mensah Derrik Ediyya

Tug‘ilgan sanasi: 1995 yil, 25 may

Tug‘ilgan joyi: Gana

Ampluasi: yarimhimoyachi.

\"Dinamo\" matbuot xizmati.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.