7 ta to‘p kiritilgan o‘yinda "Paxtakor" "Qayrat"ni mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini doirasida \"Paxtakor\" Qozog‘istonning \"Qayrat\" jamoasi bilan kuch sinashdi. Jangovor o‘tgan o‘yinda \"sherlar\" 4:3 hisobida raqibdan ustun keldi.
Hamyurtlarimiz safida gollarga Cheran (dubl), Alijonov va Rashidov mualliflik qildi. Mehmonlarimizning gollarini Joao Paulo (dubl) va Aliqulov kiritdi.
\"Paxtakor\" – \"Qayrat\" 4:3
Gollar: 1:0 — 4, Cheran, 1:1 — 20, Aliqulov, 2:1 — 45, Cheran, 2:2 — 50, Joao Paulo, 3:2 — 58, Rashidov, 4:2 — 62, Alijonov, 4:3 — 73, Joao Paulo
\"Paxtakor\": Suyunov (Quvvatov, 46), Alijonov, Tursunov, Azmiddinov, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Hamdamov, Cheran, Rashidov (Hamraliyev, 66), Banashak (Xolmatov, 18).
Zaxira: Abdumajidov, Poyonov, Todorov, Usmonov, O‘rinboyev, Ibrohimov, Turdimurodov.
\"Qayrat\": Ustimenko, Keyler, Vasin, Qasabulat (Arad, 46), Tkachenko, Buranchiyev, Sadibekov, Shvirev, Joao Paulo, Aliqulov, Shushenayev.
Zaxira: Ulyanov, Mrinskiy, Urgin, Shirobokov, Krachkovskiy, Kobeyev, Ulshin, Abdulla, Seydaxmet, Kenjebek.
Ogohlantirishlar: Hamrobekov (12), Keyler (43), Sayfiyev (68).













