U-20 Osiyo Kubogi. Guruh bosqichi yakunlari bo‘yicha faktlar

U-20 Osiyo Kubogi. Guruh bosqichi yakunlari bo‘yicha faktlar

U-20 Osiyo Kubogi guruh bosqichi yakunlandi. 9 kun ichida o‘tgan 24ta o‘yinda 55ta to‘p kiritildi. Bahslarning 5tasida durang qayd etildi (hammasi 3-turda), 19ta bellashuv esa u yoki bu jamoaning g‘alabasi bilan tugadi

Quyida guruh bosqichidagi ba’zi faktlarni keltirib o‘tamiz: 

  • O‘zbekiston va Janubiy Koreya darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 
  • Avstraliya guruhni 2-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa-da, eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi — 12.
  • Qatar esa eng ko‘p to‘p o‘tkazib yuborgan (12) va ochko ololmagan jamoa bo‘ldi. 
  • Eng yirik hisob Avstraliya — Qatar (9:1) o‘yinida qayd etildi.
  • Guruhda faqat Yaponiya 100 foizlik natija ko‘rsatdi.
  • Vetnam 6 ochko bilan guruhda qolib ketdi.
  • Yaponiyalik Naoki Kumata 3ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida peshqadam bo‘lib turibdi.

«A» guruhi
1. O‘zbekiston — 7 (to‘plar nisbati — +3)
2. Iroq — 4 (+1)
3. Indoneziya — 4 (-1)
4. Suriya — 1 (-3)

«V» guruhi
1. Eron — 6 (+2)
2. Avstraliya — 6 (+6)
3. Vetnam — 6 (0)
4. Qatar — 0 (-10)

«S» guruhi 
1. Janubiy Koreya — 7 (+6)
2. Iordaniya — 4 (0)
3. Tojikiston — 4 (-1)
4. Ummon — 1 (-5)

«D» guruhi
1. Yaponiya — 9 (+5)
2. Xitoy — 4 (+1)
3. Saudiya Arabistoni — 3 (-2)
4. Qirg‘iziston — 1 (-4)

Chorakfinal taqvimi:
11 mart

15:00. Eron — Iroq («Jar»)
19:00. O‘zbekiston — Avstraliya («Bunyodkor») 

12 mart
15:00. Janubiy Koreya — Xitoy («Jar»)
19:00. Yaponiya — Iordaniya («Lokomotiv»)

Ma’lumot uchun, yarimfinalga chiqqan jamoalar jahon chempionatiga ham yo‘llanma qo‘lga kiritishadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.