Mayk Tayson Muhammad Ali xotirasiga hurmat bajo keltirdi


Bugungi kun tongida marhum Muhammad Aliga xotirasiga olqishlar yog‘dirilmoqda. Afsonaviy, o‘ta og‘ir vazn toifasida uch marotaba Jahon Chempioni Muhammad Ali 30 yildan ortiq Parkinson kasalligi bilan davomiy kurashib, oxir-oqibat bugun tunda quladi, deyiladi \"Kun\" nashrida.
Asl ismi Kassius Marsellus Kley bo‘lgan Muhammad Ali darajasiga faqat Mayk Taysongina yaqin kela olgan. Ikki boks yulduzi o‘zaro do‘stona munosabatlarda bo‘lishgan.

Tayson o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali afsonaviy bokschi bilan birga tushgan suratlarini joylab, Aliga bo‘lgan hurmatini bajo keltirdi, ularning orasida Muhammad Alining boshqa mashhur kishilar - Jekson Fayf va Stivi Uander bilan birga tushgan suratlari ham aks ettirilgan.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













