“Nasaf”ning to‘rt nafar asosiy tarkib o‘yinchilari terma jamoaga chaqirildi

“Nasaf”ning to‘rt nafar asosiy tarkib o‘yinchilari terma jamoaga chaqirildi
“Nasaf”ning to‘rt nafar asosiy tarkib o‘yinchilari terma jamoaga chaqirildi

O‘zingizga ma’lum, Jasur Abduraimov boshchiligidagi U-19 O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 13-30 oktyabr kunlari Bahraynda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionatida ishtirok etadi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ushbu yoshdagi terma jamoamiz 6-18 iyun kunlari Toshkent shahrida navbatdagi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

Mazkur terma jamoa safiga “Nasaf” jamoasining asosiy tarkib o‘yinchilaridan Aziz G‘aniev, Bobur Abduholiqov, Sharof Muhitdinov va Islom Rashidxonovlar taklif etilgan.

Shuningdek ular qatorida o‘rinbosarlar safida to‘p tepib kelayotgan Umidjon Ergashev hamda Doston Berdiqulovlar ham bor.

Ushbu futbolchilarimiz jamoamizning “Navbahor”ga va “Lokomotiv” jamoalariga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishlari mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.