"Chessable Masters": Nodirbek Abdusattorov finalda, Vohidov esa o‘z ishtirokini yakunladi


Har yili jahon shaxmat olamidagi eng nufuzli onlayn seriya - \"Champions Chess Tour\" doirasida turli onlayn musobaqalar yil davomida o‘tkazilib kelinadi.
Hozirda ushbu tur doirasida \"Chessable Masters\" turniri 3 ta divizionda bo‘lib o‘tmoqda.
2-divizionda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov yarim finalda rossiyalik Denis Lazaikni 3:2 hisobida mag‘lub etib finalga yo‘l oldi. Bugun o‘tkaziladigan final bahsida unga fransiyalik Maksime Vashiyer raqiblik qiladi.
3-divizonda ishtirok etgan yana bir hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov yarim finalda eronlik Amin Tabatabaeiga, o‘tish bosqichida esa rossiyalik Aleksey Saranaga imkoniyatni boy berdi va musobaqani yakunladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













