Ispaniya kubogi. «Real» javob o‘yinida ham yirik hisobda g‘alaba qozondi

Ispaniya kubogi. «Real» javob o‘yinida ham yirik hisobda g‘alaba qozondi
Ispaniya kubogi. «Real» javob o‘yinida ham yirik hisobda g‘alaba qozondi

Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichi javob uchrashuvida ham \"Real\" yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Anchelotti bir qator etakchilarga dam berganiga qaramay, \"Madrid\" quyi divizion vakili — \"Kornelya\" darvozasiga javobsiz beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Xames Rodriges o‘z hisobiga 2ta gol yozgan bo‘lsa, Isko va 8 oylik tanaffusdan keyin ilk marta maydonga tushgan Xese Rodriges bittadan golga mualliflik qilishdi. Yana bitta golni mehmonlar o‘z darvozalariga urib qo‘yishdi.

Ispaniya kubogi, 1/16 final, javob o‘yini
Real Madrid – Kornelya 5:0 (3:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 16 Xames, 2:0 – 31 Isko, 3:0 – 34 Xames, 4:0 – 60, avtogol Lopes, 5:0 – 77 Xese.
Real Madrid – Pacheko, Arbeloa, Nacho, Varan (Lorente, 46), Koentrau, Ilyaramendi, Xedira (Xese, 57), Medran, Isko, Xames (Munos, 63), Ernandes.
Kornelya – Alberto, Delgado, Lopes, Sastre, Galyar (Kabale, 69), Boniket, Gal, Pelegri, Gomes, Gaudioso (Xoakin, 58), Munos (Trujilo, 56).
Ogohlantirishlar: Ilyaramendi (37), Munos (72).
Birinchi o‘yin - 4:1

Manba: www.stadion.uz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.