Paulo Kosta Xamzat Chimayev bilan jang qilishi uchun shartlarini ma’lum qildi


UFC o‘rta vazn toifasi vakili braziliyalik Paulo Kosta (14-2) Abu-Dabida Xamzat Chimayev(12-0)bilan jang qilishi uchun shartlar qo‘ymoqda.
\"Xamzat Chimayev bilan jang bo‘ladi, deb o‘ylayman. Nazarimda ular oktyabrda Abu-Dabida jang qilishmoqchi. Ammo men uchun yarim yil kutish muammo... Ularning oldinroq o‘tkazish niyati yo‘q, chunki katta janglar Abu-Dabi uchun kerak. Unga qadar esa menga jang tashkil qilib berishlarini xohlayman. Masalan, iyunda yoki bu tanaffus uchun menga to‘lov qilishsin\"- dedi Kosta.
Eslatib o‘tamiz, Kosta so‘ngi jangini \"UFC 278\" turnirida o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













