UEFA Marseldagi tartibsizliklar yuzasidan intizomiy ish ochdi, Rossiya jiddiy jazolanadi


UEFA Marsel shahrida rus va ingliz fanatlari o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar yuzasidan intizomiy ish ochdi. Bu haqda \"Stadion.uz\" xabar berdi.
Shuningdek, Rossiya – Angliya o‘yinidan so‘ng, stadiondagi rus fanatlari tomonidan ingliz muxlislariga uyushtirilgan hujum ham alohida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Endi muxlislarining bu qilmishi uchun Rossiya terma jamoasi jiddiy jazolanishi mumkin.
Bu ishni ko‘rib chiqish jarayonida, rus fanatlari tomonidan Evro-2012da uyushtirilgan tartibsizliklar ham inobatga olinadi va bu jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb baholanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













