Argentinalik muxlislar uchun hushxabar


Parijning «PSJ» klubi va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya, Amerika kubogi - 2016ning ikkinchi turida Panama (5:0)ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Biroz oldin OAVda Di Mariya uchun turnir nihoyasiga etgani haqida xabar berilgan edi, deya yozadi \"Stadion\" nashri.
Biroq jurnalist Rik Sharmaning ma’lum qilishicha, Anxel final o‘yinigacha safga qaytishi mumkin.
Di Mariya 2014 yilgi jahon chempionatining final o‘yinini ham o‘tkazib yuborgan edi. Endi unda Kopa Amerika-2016 finalida o‘ynash imkoniyati mavjud. Buning uchun Messi va uning jamoadoshlari musobaqa finaliga qadar etib kelishlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













