Evro-2016. Modrichning goli Xorvatiyaga g‘alaba keltirdi


Evropa chempionatida bugun \"D\" guruhi vakillari musobaqaga kirishishadi. Xorvatiya terma jamoasi Luka Modrich tomonidan urilgan gol evaziga Turkiyani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda \"Stadion.uz\" xabar berdi.
Birinchi bo‘lim tugashiga arafasida xorvatlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Turkiyalik himoyachi qaytargan to‘pni Modrich 20 metrlardan darvoza tomon tepdi. Vulqon Bobojon zarbani qaytara olmadi.
Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik Xorvatiya tomonida bo‘ldi. Hattoki Turkiya darvozasi to‘sini ikki marta jamoani goldan qutqarib qoldi. Fotih Terim shogirdlari bu bahsda o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata olishmadi.
Dastlabki turdan keyin Xorvatiya o‘z hisobiga ochko yozib qo‘ydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













