Boks bo‘yicha JCH—2023. Abdumalik Halokov Gayana vakili ustidan g‘alaba qozondi

Boks bo‘yicha JCH—2023. Abdumalik Halokov Gayana vakili ustidan g‘alaba qozondi
Boks bo‘yicha JCH—2023. Abdumalik Halokov Gayana vakili ustidan g‘alaba qozondi
Foto: Boks federatsiyasi
Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha 2023 yilgi Jahon chempionatining 5-kungi bahslari 5 may, juma kuni bo‘lib o‘tmoqda.
 
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Halokov gayanalik Kevin Alikok bilan jang qildi. Birinchi raundda Abdumalik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi raund esa to‘liq Halokovning nazoratida o‘tdi. Uchinchi raund ham o‘zbekistonlik bokschining foydasiga hal bo‘ldi va yakunda 5:0 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa Halokov keyingi bosqichga yo‘l oldi.
 
5 may kungi bahslarni O‘zbekiston safida Lazizbek Mullajonov boshlab berdi. -91 kg vazn toifasida harakat qilgan bokschi kolumbiyalik Marlo Xartadoni yengib, keyingi bosqich masalasini hal qilgandi. Kunni esa Jasurbek Yo‘ldoshev (-80 kg) yakunlab beradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.