Saidjamshid Jafarov: Jahon chempionatiga hamma davlatdan eng yaxshilari keladi

Saidjamshid Jafarov: Jahon chempionatiga hamma davlatdan eng yaxshilari keladi
Saidjamshid Jafarov: Jahon chempionatiga hamma davlatdan eng yaxshilari keladi
Toshkentdagi \"Humo arena\"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
 
-71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov meksikalik Alonso Verde bilan ringga ko‘tarildi. Jangda hamyurtimiz 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Saidjamshid Jafarov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
- Ikkinchi jangimni o‘tkazib oldim. Endi 9 may kuni ringga chiqaman. Janglar yaxshi ketyapti.
 
Jahon chempionatiga hamma davlatdan eng yaxshilari keladi. Bugun keyingi bosqichdagi raqibimning nomi aniq bo‘ladi. Bokschilarimizni qo‘llab turganlarga katta rahmat, deb qolaman, - dedi Saidjamshid Jafarov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.