“Real” Rodrigoning dubli evaziga 20-bor Ispaniya Kubogi sohibiga aylandi

“Real” Rodrigoning dubli evaziga 20-bor Ispaniya Kubogi sohibiga aylandi

“Real” Rodrigoning dubli evaziga 20-bor Ispaniya Kubogi sohibiga aylandi

Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi finalida “Real” 6-may, shanba kuni “Osasuna”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq hisob ochildi. Rodrigo madridliklarning dastlabki goliga mualliflik qildi. 58-daqiqada esa Lukas Torro muvozanatni tikladi. 70-daqiqada Rodrigo dublni rasmiylashtirib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Shu tariqa Karlo Anchelotti shogirdlari 2022/23-yilgi mavsum Ispaniya Kubogi g‘olibiga aylandi. Qayd etib o‘tish joiz “qaymoqranglilar” 2014-yildan buyon ilk bor Kubokda g‘alaba qozonmoqda.


Ispaniya Kubogi

Final

6-may, shanba

“Real” – “Osasuna” 2:1

Gollar: 1:0 – 2 Rodrigo, 1:1 – 58 Torro, 2:1 – 70 Rodrigo.

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Kamavinga, Kroos (Modrich, 82), Valverde, Tchuameni (Ryudiger, 69), Vinisius Junior, Rodrigo (Asensio, 89), Benzema.

“Osasuna”: Errera, Aridane, David Garsiya, Xuan Krus, Penya (Ruben Garsiya, 75), Moyses Gomes (Kike Garsiya, 86), Torro (Ibanes, 86), Oros, Monkayola, Ez Abde (Barxa, 75), Budimir (Chimi Avila, 70).

Ogohlantirishlar: Monkayola (21), David Garsiya (37), Militao (41), Vinisius Junior (45), Kamavinga (75), Barxa (83), Valverde (90).

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.