Sensatsiya! Lazizbek Mullojonov kubalik La Kruzni yengib, yarim finalga yo‘l oldi


Toshkentdagi \"Humo arena\"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida chorak finallar boshlanmoqda.
-92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov kubalik Sezar La Kruzga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qildi.
Birinchi raundda hamyurtimizning qo‘li baland keldi - 4:1.
Ikkinchi raundda ham vakilimizning ustunligi qayd etildi - 3:2.
Oxirgi raundda La Kruz ustunlikka erishdi -2:3. Yakuniy hisob 4:1 va Lazizbek yarim finalga yo‘l oldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













