Yevropa grandlari AQSHdagi turnirda o‘zaro to‘qnash keladi

Yevropa grandlari AQSHdagi turnirda o‘zaro to‘qnash keladi
\"\"
Foto: Goal.com

APL, La Liga, va A Seriyaning top klublari yozda AQSHda o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. Bu haqda “Real Madrid” rasmiy sayti xabar berdi.

Soccer Champions Tour o‘yinlaring taqvimi e’lon qilindi. Uchrashuvlar AQSHda bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar seriyasida “Real Madrid”, “Barselona”, “Arsenal”, “Yuventus” va \"Milan\" ishtirok etadi.

Quyida o‘yinlar taqvimi keltirilgan:

  • 22-iyul: “Barselona” – “Yuventus”, San-Fransisko;
  • 23-iyul: “Real Madrid” – “Milan”, Los-Anjeles;
  • 26-iyul: “Barselona” – “Arsenal”, Los-Anjeles va “Real Madrid” – “Manchester Yunayted”, Hyuston;
  • 27-iyul: “Yuventus” – “Milan”, Los-Anjeles;
  • 29-iyul: “Real Madrid” – “Barselona”, ​​Dallas;
  • 1-avgust: “Barselona” – “Milan”, Las-Vegas;
  • 2-avgust: “Real Madrid” – “Yuventus”, Orlando.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.