Bugun U-20 Jahon chempionati boshlanadi


Bugun Argentinada o‘tkazilayotgan 20 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi. Dastlab, \"A\" guruhidan o‘rin olgan Gvatemala - Yangi Zelandiya va \"B\" guruhidagi Aqsh - Ekvador uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Mazkur o‘yinlardan keyin 21-mayga o‘tar kechasi soat 02:00da O‘zbekiston Argentinaga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnir 20-maydan 11-iyungacha davom etadi. Ravshan Haydarov shogirdlarini guruhda Argentinadan tashqari, Gvatemala va Yangi Zelandiya terma jamoalari ham kutib turibdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













