U-20 JCH. Yangi Zelandiya murabbiyi O‘zbekistonga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi

U-20 JCH. Yangi Zelandiya murabbiyi O‘zbekistonga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi
U-20 JCH. Yangi Zelandiya murabbiyi O‘zbekistonga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi
Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Darren Bazeley \"A\" guruhining 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi o‘yin agressiv ruhda o‘tishini aytdi.
 
\"Turnirdagi ishtirokini davom ettirish uchun g‘alaba zarur bo‘lgan Osiyo chempionlari kuchli raqib sanaladi va ular bizga to‘p nazoratini bermaslikka harakat qiladi.
 
Bo‘lajak o‘yinda g‘alaba qozonishga hamda turnirdagi yo‘limizni ijobiy kayfiyatda davom ettirishga harakat qilamiz. Tarkibdagi barcha futbolchilar maydonga tushishga shay\", — dedi okeaniyaliklar ustozi.
 
Eslatib o‘tamiz, Yangi Zelandiya — O‘zbekiston uchrashuvi 23 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.