Shomurodov "Spetsiya"ni A Seriyada olib qolish uchun borini berdi. Biroq...

Shomurodov "Spetsiya"ni A Seriyada olib qolish uchun borini berdi. Biroq...
Shomurodov "Spetsiya"ni A Seriyada olib qolish uchun borini berdi. Biroq...
A Seriyada qolish o‘yinda \"Spetsiya\" hamda \"Verona\" o‘zaro kuch sinashdi. Unda hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan spetsiyaliklar raqibga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
 
Legionerimiz jamoadoshi Ampaduning goliga assist vazifasini bajardi. Shuningdek, 68-daqiqada penalti ishladi va raqib futbolchisini qizil kartochka olishga majbur qildi. Biroq Nzola Eldor ishlagan penaltini golga aylantira olmadi.
 
Shu tariqa, \"Spetsiya\" A Seriyani tark etdi.
 
Kechagi bellashuvda hamyurtimizning xatti-harakatlari \"SofaScore\" portali tomonidan 7.1 ballga loyiq ko‘rildi. \"Spetsiya\" tarkibida undan faqatgina Ampadu balandroq ball to‘pladi - 7.3.
 
Quyida barcha futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Shomurodov "Spetsiya"ni A Seriyada olib qolish uchun borini berdi. Biroq...
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.