Xavi eng zo‘r futbolchi kimligini va uni “Barsa”da ko‘rishni orzu qilishini aytdi

Xavi eng zo‘r futbolchi kimligini va uni “Barsa”da ko‘rishni orzu qilishini aytdi
Xavi eng zo‘r futbolchi kimligini va uni “Barsa”da ko‘rishni orzu qilishini aytdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘zi shug‘ullantirgan futbolchilar orasida eng zo‘ri Santi Kasorla ekanini ta’kidladi.
 
- Men Santi Kasorlani “Barselona” tarkibida ko‘rishni orzu qilaman. U men shug‘ullantirgan futbolchilar orasida eng zo‘ri. Bunaqa o‘yinchilarning qadri juda baland.
 
Zamonaviy futboldagi o‘yinchilar orasida Kasorlaning iste’dodiga teng keladigani umuman yo‘q, - dedi Xavi Ernandes.
 
Eslatib o‘tamiz, Santi Kasorla Xavi Ernandes Qatar chempionatida “As-Sadd”ni boshqarganida uning qo‘l ostida o‘ynagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.