Shomurodovning sobiq jamoadoshi endi "Roma"da ham unga raqobat qilishi mumkin

Shomurodovning sobiq jamoadoshi endi "Roma"da ham unga raqobat qilishi mumkin
Shomurodovning sobiq jamoadoshi endi "Roma"da ham unga raqobat qilishi mumkin
Bir necha kun avval Italiya chempionatining o‘tish o‘yinida \"Spetsiya\" va \"Verona\" o‘zaro to‘qnash keldi. Bellashuvda \"Verona\" 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, A Seriyada qoladigan bo‘ldi.
 
Mavsumning yarmini \"Spetsiya\"da ijara asosida o‘tkazgan Eldor Shomurodov yana \"Roma\"ga qaytadi. Bu haqda futbolchining o‘zi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga kelganda ma’lum qildi.
 
Qolaversa, \"Roma\" Janluka Skamakkaga qiziqish bildirmoqda. \"Vest Xem\" hujumchisi yana Italiyaga qaytishi mumkin. Bu haqda mahalliy jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.
 
Manbaning ma’lum qilishicha, \"bo‘rilar\" 24 yoshli forvardni qo‘lga kiritmoqchi. Klub vakillari shu hafta futbolchining agenti bilan uchrashmoqchi.
 
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov \"Roma\"ga o‘tishdan avval \"Jenoa\"da Janluka Skamakka bilan birga to‘p tepgandi. Endi ular Rim klubida ham jamoadoshga aylanishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.