«Bunyodkor» – «Persepolis» uchrashuvi chiptalari sotuvda!

«Bunyodkor» – «Persepolis» uchrashuvi chiptalari sotuvda!
«Bunyodkor» – «Persepolis» uchrashuvi chiptalari sotuvda!

3 mart kuni “Bunyodkor” stadionida Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Persepolis” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

“Bunyodkor” stadioni ma’muriyati ushbu uchrashuvga kirish huquqini beruvchi chiptalar sotuvga chiqarilganligini e’lon qiladi. Unga ko‘ra, oddiy sektorlar uchun chiptalar 13 ming, SIP sektorlar uchun esa 30 ming so‘m narhda belgilangan.

Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida chiptalar sotuvi plastik kartochkalar orqali ham amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Bunyodkor (O‘zbekiston) - Persepolis (Eron) uchrashuvi 3 mart kuni \"Bunyodkor\" stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.