Dmitriy Bivol Shahram G‘iyosovni kechagi g‘alaba bilan tabrikladi

Dmitriy Bivol Shahram G‘iyosovni kechagi g‘alaba bilan tabrikladi
Dmitriy Bivol Shahram G‘iyosovni kechagi g‘alaba bilan tabrikladi
Yarimog‘ir vazn toifasida WBA Super chempioni Dmitriy Bivol (21-0) Instagram\'dagi sahifasi orqali Shahram G‘iyosovga (14-0) murojaat qildi.
 
Rossiyalik jahon chempioni o‘z sahifasida kecha AQSHda jang o‘tkazgan Shahram G‘iyosovni g‘alaba bilan tabriklagan.
 
Ma’lumot o‘rnida, G‘iyosov so‘nggi janglariga tayyorgarlik jarayonlarini aynan Bivol jamoasi bilan o‘tkazmoqda. Xarold Kalderon (27-1) bilan jangda ham O‘zbekiston vakilini ringga Dmitriy Bivolning murabbiyi Gennadiy Mashyanov olib chiqdi.
 
Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov kecha Nyu-Orleandagi (AQSH) boks oqshomida amerikalik Xarold Kalderon ustidan ochkolar hisobi bo‘yicha g‘alaba qozongan edi. Mazkur g‘alaba orqali \"Wonder boy\" WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar maqomiga ega bo‘ldi.
Dmitriy Bivol Shahram G‘iyosovni kechagi g‘alaba bilan tabrikladi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.