PSJ katta iste’dod sohibi bilan shartnoma imzolamoqchi

PSJ katta iste’dod sohibi bilan shartnoma imzolamoqchi

PSJ klubining joriy transferlar oynasi vaqtida to‘xtash niyati yo‘qqa o‘xshaydi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli forvard Xavi Simonsni jamoaga qaytarmoqchi. 2022 yili futbolchi PSV taklifini qabul qilgandi va o‘tgan mavsumni sensatsion tarzda o‘tkazdi, ya’ni u 48 o‘yinda 22 gol hamda 12 assist qayd etdi.

Ushbu futbolchini yana klubga qaytarish uchun Fransiya klubi 6 mln yevro sarflaydi. Bunga qadar \"Barselona\" ham futbolchini sotib olish uchun ishlarni olib borayotgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.