Mahmud Muradov UFCdagi navbatdagi g‘alabasiga erishdi

Mahmud Muradov UFCdagi navbatdagi g‘alabasiga erishdi

Hamyurtimiz Mahmud Muradov Londondagi UFC turnirida oktagonga ko‘tarildi. Turnir doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradov amerikalik Brayan Barberenaga qarshi jang qildi.

3 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda Mahmud hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, Mahmud shu kungacha UFCda 6 ta jang o‘tkazgan. Bugun u promoushendagi 4-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bungacha u ikkita jangda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.