“Nasaf” Chempionlar ligasida yangi logotip bilan o‘ynash uchun ruxsat oldi

“Nasaf” Chempionlar ligasida yangi logotip bilan o‘ynash uchun ruxsat oldi

Qarshining “Nasaf” klubi bir necha kun avval o‘z logotipini o‘zgartirgandi. Endilikda klub Chempionlar ligasining yangi mavsumida mana shu logotipdan foydalanish uchun ruxsat oldi.

Bunda “Litsenziyalash reglamenti”ning 12.3-bandiga asosan “Nasaf” faqat logotip bo‘yicha o‘zgarish qilayotgani, klubning tashkiliy-huquqiy shakli yoki nomi o‘zgarmagani, mazkur o‘zgarish klubning futbolchi, murabbiy hamda xodimlari bilan mavjud shartnomalarga nisbatan ta’sir ko‘rsatmasligi masalasi OFK tomonidan ko‘rib chiqildi. Qit’a futbol konfederatsiyasiga taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib, “Nasaf”ga yangi logo ostida Chempionlar ligasida ishtirok etishga ruxsat berdi.

O‘zPFL matbuot xizmati

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.