Saudiya Arabistoni. Ronaldusiz o‘ynagan "Al Nassr" Jerrard klubiga mag‘lub bo‘ldi

Saudiya Arabistoni chempionatining ilk turidan o‘rin olgan \"Al-Ittifoq\" - \"An-Nasr\" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Mane 4-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taym boshida Kvayson imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay Dembele ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, \"Al-Ittifoq\" turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib oldi. \"An-Nasr\" esa 12-pog‘onadan joy oldi.
\"Al Ittifoq\" – \"Al Nassr\" 2:1
Gollar: 0:1 – 4 Mane, 1:1 – 47 Kvayson, 2:1 – 53 Dembele.
\"Al Ittifoq\" – Paulo Viktor, Muhammad (Yusuf, 72), Tisseran, Xendri, Al Hatib, Xenderson (Ozdemir, 88), Xazazi (Mahzari, 72), Al Gamdi (Vitino, 46), Kvayson, Dembele (Al Gamdi, 85).
\"Al Nassr\" – Al Akidi, Bushal (Saluli, 90), Al Fatil, Ali, Konan, Alilavi (Al Gannam, 46), Al Sulayhim (Al Naji, 65), Al Haybari, Al Hassan (Adam, 71), Mane, Garib (Yahyo, 71).













