PSJ dahshatli zarbaga ega futbolchini oladi

PSJ dahshatli zarbaga ega futbolchini oladi

PSJ rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Parijliklar yangi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida bosh sovrin uchun kurashadigan jamoani shakllantirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ mutasaddilari PSVda o‘ynatgan Ibrohim Sangarega ko‘z tikyapti. Bu o‘yinchining shartnomasida uni olmoqchi bo‘lgan klub 40 million yevro to‘lashi belgilab qo‘yilgan. Parij superklubi aynan mana shu imkoniyatdan foydalanmoqchi.

Sangarega “Bavariya” va “Liverpul” qiziqayotgani haqida ham axborotlar tarqatilyapti.

Ta’kidlash joizki, Sangare futbol tarixiga eng kuchli zarba sohiblaridan biri sifatida kiritilgan. Uning “ADO den Xaag” jamoasi darvozasiga urgan golida zarba kuchi soatiga 170 kilometrni tashkil qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.