“Al-Arabi” xodimi OKMK haqida: “Endi ular mening O‘zbekistondagi sevimli klubim”

“Al-Arabi” xodimi OKMK haqida: “Endi ular mening O‘zbekistondagi sevimli klubim”

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi saralash bosqichida “OKMK” Qatarning “Al-Arabi” klubi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Olmaliqliklar o‘yindan so‘ng kiyim almashtirish xonasini tozalab, saranjom-sarishta qilib ketgan. Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevning yozishicha, “Al-Arabi” xodimlaridan biri unga suratlar tashlab bergan va quyidagi izohni qoldirgan:

OKMK haqli g‘alaba qozondi. Ular haqiqiy jentlmen. Ular menga jamoa libosini ham sovg‘a qildi. Umid qilamanki, ‘OKMK’ ‘As-Sadd’ yoki ‘Ad-Duhayl’ bilan bir guruhga tushadi va men yana stadionga borib, ularning o‘yinini tomosha qilaman. Endi ular mening O‘zbekistondagi sevimli klubim”.

\"\"
Foto: “Futbolium”
\"\"
Foto: Futbolium
\"\"
Foto: Futbolium
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.