"Al-Ittihod" yirik hisobda g‘alaba qozondi. "Al-Hilol" Jerrard shogirdlarini qiyinchiliksiz taslim qildi

Saudiya chempionatinng 4-turidan o‘rin olgan \"Al-Hilol\" - \"Al-Ittifoq\" va \"Al-Vehda\" - \"Al-Ittihod\" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
\"Al-Hilol\" Jerrard shogirdlarini qiyinchiliksiz taslim qildi. Dastlab, Malkom hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi taym so‘nggida Al-Dovsari oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ushbu g‘alaba orqali riyodliklar turnir jadvalida 2-o‘ringa, \"Al-Ittifoq\" esa 5-o‘rindan joy oldi.

\"Al-Ittihod\" esa \"Al-Vehda\" maydonida safar qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni Romarino, Filipe va Koronadalar urdi. 3 ochkoni qo‘lga kiritgan Santush shogirdlari 1-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













