Levandovski “Barsa”ga kelib, “odam” bo‘lganini tan oldi

Levandovski “Barsa”ga kelib, “odam” bo‘lganini tan oldi

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski o‘zini Kataloniyada baxtiyor his qilayotgani, Saudiya Arabiyatoni yoki AQSHga borish haqida o‘ylamayotgani haqida gapirdi.

- Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish haqida umuman o‘ylaganim yo‘q. Men “Barselona”da, bu shaharda oilam bilan baxtiyorman. “Barselona”ga kelgunga qadar men o‘zimni “mashina”dek his qilardim, endi bu yerda “odam” bo‘ldim.

Qo‘limda yana uzaytirish huquqi bilan ikki yillik shartnoma bor.

Koronavirus pandemiyasigacha MLSda o‘ynash niyatim bor edi. Keyinchalik bu fikrimdan qaytdim. “Barselona”ga kelganimdan keyin buni o‘ylamay qo‘ydim, - dedi Robert Levandovski.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.