MTRK Osiyo Chempionlar ligasi translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi OCHL o‘yinlarini O‘zbekiston hududida namoyish qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Telekanal bosh direktori Zohid Karimov Osiyo Chempionlar ligasi translyatsiyasi huquqi egasi sanaluvchi tashkilot bilan bu borada kelishuvga erishilganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, OCHLda ishtirok etuvchi O‘zbekistonning 4 klubi o‘yinlari MTRK orqali namoyish etiladi. Shu bilan birga MTRK bu jamoalarning O‘zbekistondagi o‘yinlarini translyatsiyasini ushbu tashkilotchi kompaniyaga bepul yetkazib berishi talab etilgan.

Qayd etilishicha, bugungi 3 o‘yin ham telekanal orqali namoyish etiladi:

  • 21:00 «Al-Ittihod» - OKMK. Live
  • 21:00 «Al-Faysali» - «Nasaf». Live
  • 23:00 «Al-Hilol» - «Navbahor». Live
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.