Ronaldu Evro-2016 g‘olibligi uchun olgan mukofotini bolalar rakiga qarshi kurash fondiga topshirdi

Ronaldu Evro-2016 g‘olibligi uchun olgan mukofotini bolalar rakiga qarshi kurash fondiga topshirdi
Ronaldu Evro-2016 g‘olibligi uchun olgan mukofotini bolalar rakiga qarshi kurash fondiga topshirdi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa chempionatidagi g‘oliblik uchun berilgan mukofot pulini xayriya maqsadida yo‘naltirdi. Bu haqda \"Kun\" xabar berdi.

Xabar qilinishicha, futbolchi 275 ming evro miqdoridagi mablag‘ni bolalardagi onkologik xastaliklarga qarshi kurashuvchi fond hisobiga o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, futbolchi Evropa chempionlar ligasidagi g‘oliblik uchun o‘ziga to‘langan bonus mablag‘larni ham shu maqsadga yo‘naltirgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.