Ro‘ziqul Berdiyev: ""Al Sadd"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik"

Ro‘ziqul Berdiyev: ""Al Sadd"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik"

\"Nasaf\" hamda \"Al Sadd\" uchrashuvidan (3:1) so‘ng mezbon jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Aziz Amonov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: \"Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlarga alohida rahmat aytaman, yaxshi mehnat qilishdi. \"Al Sadd\"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik, shundan kelib chiqib o‘ynadik.\"

Aziz Amonov: \"Muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘zbekiston nomidan maydonga tushdik va yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Bugungi urgan gollarim jamoadoshlarim tufayli sodir bo‘ldi\".

- OCHLda ko‘rsatgan o‘yinning 50%ni namoyish etilsa ham \"Nasaf\" Superligada g‘alaba qozongan bo‘lardi. Aziz Amonovga savol. Gol urishingizning asosiy sabablari nima deb ayta olasiz?

Berdiyev: \"O‘yinlar bir-biriga o‘xshamaydi va katta o‘yinlarga motivatsiya boshqacha bo‘ladi. Ochiq o‘yin namoyish etadiganlar bilan osonroq o‘ynaymiz. Har bir o‘yinda maksimal harakat qilamiz, jiddiy yondoshamiz.

Amonov: \"Har bir bahsda gol urish uchun maydonga tushamiz. Ba’zida o‘xshaydi, ba’zida yo‘q. Bugun nasib qilgan ekan, jamoamga foydam tekkanidan xursandman\".

- \"Al Sadd\" posboni ustidan to‘pni tashlab qo‘ygan golingiz faoliyatingizdagi eng chiroylisimi?

Amonov: \"Har bir gol o‘ziga yarasha chiroyli. Asosiysi uning muhimligi\".

- Bu g‘alaba O‘zbekistonning obro‘yiga katta ta’sir ko‘rsatadi. \"Nasaf\" chiroyli o‘yin ko‘rsatdi. 80-daqiqadan so‘ng jamoa biroz bo‘shashdi, bu Superligada ham sodir bo‘lyapti...

- Har bir o‘yinda futbolimiz darajasini ko‘rsatib berishga harakat qilishimiz kerak. Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar ishonch bilan harakat qilishimiz lozim. Ruhiy tayyorgarlik joyida bo‘lishi kerak. Bugun xursandchilik qilaylik, qolganini to‘g‘rilaymiz.

- Shuhrat Muhammadiyevni zaxiraga olish majburiy bo‘ldimi?

- Shunday. Uning harakatlaridan oqsashni sezganimdan so‘ng uni almashtirishga majbur bo‘ldim.

- Bahrom Abdurahimov nega asosiy tarkibda maydonga tushmadi?

- Markazda futbolchilarimiz ko‘pligi tufayli rotatsiyalarga qo‘l uryapmiz. O‘sha hududlarda muammolar kamroq.

- \"Sharja\"ning himoyaviy o‘yin ko‘rsatishidan qo‘rqmaysizmi?

- \"Sharja\" hamda \"Al Sadd\" o‘rtasidagi bahsni ko‘rish jarayonida bunga e’tibor berdik. Ular yotib olishmadi. \"Sharja\" bilan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.