Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston ayollar termasi KXDRga 0:8 hisobida taslim bo‘ldi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston ayollar termasi KXDRga 0:8 hisobida taslim bo‘ldi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda KXDR bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvda O‘zbekiston yirik hisobda yengildi va endi bronza uchun kurashadigan bo‘ldi. Ehtimoliy raqib – Xitoy yoki Yaponiya. Bronza uchun bellashuv 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Osiyo o‘yinlari

1/2 final

O‘zbekiston – KXDR 0:8

Xanchjou. \"Linping\" stadioni. 15:00

Gollar: Xon 9\', An 45+2\', Ri Yon 50\', Kim K 18\', 46\', 63\', 83\', Kim X 90+1\'

O‘zbekiston: 1.Maftuna Jonimqulova, 2.Madina Hikmatova, 4.Feruza Boboxo‘jayeva, 6.Dilrabo Asadova, 7.Nilufar Qudratova, 8.Ilvina Ablyakimova, 9.Zarina Norboyeva, 16.Zarina Mamatkarimova, 18.Aziza Norboyeva, 19.Nozima Ergasheva, 20.Kamila Zaripova.

Zaxira: Aminjonova, Nabiqulova, Xabibullayeva, Shoimova, Baxtiyarova, G‘ulomova, Amirova, Zoirova, Karachik, Tojiddinova, Qo‘chqorova.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar termasi ilk turda Mongoliyani 6:0 hisobida yutgan bo‘lsa, Xitoyga xuddi shu hisobda yutqazgandi. Chorak finalda esa Xitoy Taypeyi 2:1 hisobida mag‘lub etilgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.