Abbos Fayzullayev SSKA mashg‘ulotiga 30 kg osh olib bordi

SSKA futbolchisi Ivan Oblyakov jamoadoshi Abbosbek Fayzullayev jamoa mashg‘ulotiga 30 kg osh olib kelganini aytdi.
\"Yaqinda qiziqarli holat bo‘ldi. Mashg‘ulot qilayotganimizda u qayerdandir osh buyurtma qildi. Katta qozonda osh olib kelishdi. Tushligimiz juda mazali bo‘ldi\", - dedi Oblyakov.
20 yoshli Fayzullayev 2023 yil yozida \"Paxtakor\"dan SSKAga o‘tgandi. U ushbu mavsumda 15 o‘yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













