Odiljon Aslonovning raqibi o‘zgardi

Odiljon Aslonovning raqibi o‘zgardi

O‘zbekistonlik bokschi Odiljon Aslonov (5-0-1) 11 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi.

Avvalroq, Aslonov ushbu kechada rossiyalik Rafi Xchoyanga (2-1-1) qarshi jang qilishi xabar qilingandi.

Biroq, O‘zbekiston professional boks matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Odiljon Aslonovning raqibi o‘zgargan. Aslonov boshqa bir rossiyalik bokschi Batal Chejiyaga (12-3-3) qarshi ringga ko‘tariladi.  Jang 8 raund etib belgilangan.

Eslatib o‘tish joiz, Odiljon so‘nggi jangini shu yilning 8 sentyabr kuni Erik Katompaga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.