RPL. Hamyurtlarimiz assistlar qilgan bahsda SSKA g‘alaba qozondi

RPL. Hamyurtlarimiz assistlar qilgan bahsda SSKA g‘alaba qozondi

RPL 14-turidan o‘rin olgan SSKA - \"Nijniy Novgorod\" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Stotskiy hisobni ochdi. Uning goliga Yo‘ldoshev assistentlik qildi. 37-daqiqada Chalov imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ygan bo‘lsa, Aleksandrov 40-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng Abbosbek katta sahnaga chiqdi. 71-daqiqada Fayzullayevning qanotdan uzatgan pasidan so‘ng Yo‘ldoshev o‘zining darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Fayzullayev Davilaning goliga assist amalga oshirdi.

Shu tariqa, SSKA turnir jadvalida 24 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib oldi. \"Nijniy Novgorod\" esa 6-pog‘onaga joylashgan.

SSKA – \"Pari NN\" 3:2

Gollar: 0:1 – 33 Stotskiy, 1:1 – 37 Chalov, 1:2 – 40 Aleksandrov, 2:2 – 71, avtogol Yuldoshev, 3:2 – 73 Davila.

SSKA – Akinfeyev, Xelven (Davila, 68), Moyzes, Villian Rosha, Zdelar, Gayich, Oblyakov, Mendes (Nababkin, 68), Fayzullayev, Zabolotniy, Chalov.

Pari NN – Nigmatullin, Stotskiy, Gotsuk, Kakkoyev (Tolstopyatov, 69), Aleksandrov, Stamatov (Yuldoshev, 28), Kalinskiy, Troshechkin (Jigulev, 69), Ededem (Kutateladze, 82), Boselli, Ze Turbo (Sevikyan, 82).

Ogohlantirishlar: Zdelar (30), Moyzes (44), Troshechkin (45), Kakkoyev (45), Villian Rosha (65), Davila (74), Tolstopyatov (75), Jigulev (88), Zabolotniy (90).

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.