International Champions Cup. «PSJ» Angliya chempioni darvozasiga javobsiz 4 gol yo‘lladi


International Champions Cup doirasida «PSJ» - «Lester» uchrashuvi nihoyasiga etdi. Uchrashuvda parijliklar jamoasi futbolchilari Angliya chempioni darvozasiga javobsiz to‘rtta gol yo‘lladi, deyiladi \"Kun\" nashrida.
O‘yinning 26-daqiqasida parijliklar Edinson Kavani penaltini aniq amalga oshirishi evaziga oldinga chiqdi. O‘yinning qolgan qismida Angliya chempionlari darvozasi Nanitamo Ikone, Lukas Moura va Odsonn Eduar kabi futbolchilar tomonidan bir martadan ishg‘ol etildi - 4:0.
«PSJ» turnir doirasidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozondi va 9 ochko bilan turnirning Shimoliy Amerika qismidagi jamoalar orasida yaqqol etakchiga aylandi. Unay Emeri shogirdlari bungacha «Inter» va «Real»ni katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratgandi.
«Lester» 2 uchrashuvda 1 ochko olib, to‘qqizinchi o‘rinda qolmoqda. Jamoa birinchi turda «Seltik» bilan durang o‘ynagandi.
International Champions Cup
Karson, AQSh
PSJ (Fransiya) – Lester (Angliya) – 4:0
Gollar: 1:0 – Kavani (26, pen.), 2:0 – Ikone (45), 3:0 – Lukas Moura (64), 4:0 - Eduar (90)
\"PSJ\": Areolya, Mene (Ore, 80), David Luiz (Krыxovyak, 61), Kimpembe (Jorjen, 80), Maksvell (Kurzava, 79), Di Mariya (Kallegari, 62), Pastore (Rabo, 62), Tiago Motta (Nkunku, 62), Stambuli (Lukas Moura, 61), Ikone (Eduar, 80), Kavani (Ben-Arfa, 61).
\"Lester\": Shmeyxel, Ernandes (Simpson, 46), Xut, Morgan, Chiluell (Fuxs, 46), Marez (Grey, 66), Mendi (King, 66), Amarti (Drinkuoter, 46), Shlupp (Olbrayton, 46), Uloa, Okadzaki (Musa, 46).
Ogohlantirishlar: Kimpembe, 51 – Ernandes, 9.
[media=https://youtu.be/sphCF6qWqvo]
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













