U-17 JCH. Fransiya Senegalni penaltilar seriyasida mag‘lub qilib, chorak finalga yo‘l oldi. Raqib – O‘zbekiston!

U-17 JCH. Fransiya Senegalni penaltilar seriyasida mag‘lub qilib, chorak finalga yo‘l oldi. Raqib – O‘zbekiston!

Uchrashuvning asosiy vaqtida durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa Fransiya terma jamoasi Senegalni mag‘lub qilib, keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qildi. Fransiya o‘smirlarining keyingi bosqichdagi raqibi O‘zbekiston termasi bo‘ladi. Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 25 noyabr kuni soat 13:30 da start oladi.

Fransiya U-17 – Senegal U-17 1:1, penaltilar seriyasi: 5:3

Fransiya U-17: Pol Argney, Yvann Titi, Bastiyen Meupyu, Kayi Sanda, Aymen Sadi (Nhao Sangui), Ismail Bouneb (Nolan Ferro), Fode  Sylla (Joan Tinkres), Matis Amogou (Tidian Diallo), Saymon Bouabre, Matis Lamburd, Tidiam Gomis (Yoram Zag).

Senegal U-17: Serin Diof, Mamadu Diallo, Fallu Diyuf, Alfa Ture, Ibrahima Diallo, Kleyton Diandi (Sherif Diabali), Daoda Diong, Yaya Dieme (Mamadu Savane), Piyer Dorival, Mamadu Gning (Omar Sall), Idrisa Guye.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.