"Paxtakor" ertaga yutsa, chempion bo‘ladi. "Qizilqum" o‘tish o‘yinida qatnashadi (turnir jadvali)

O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan \"Bunyodkor\" - \"Metallurg\", \"Neftchi\" - \"Qizilqum\" va \"Nasaf\" - \"So‘g‘diyona\" bahslari yakunlandi.
\"Bunyodkor\" va \"Metallurg\" o‘rtasidagi o‘yinda 1:0 hisobida \"qaldirg‘ochlar\" g‘alaba qozongan bo‘lsa, \"Neftchi\" o‘z uyida \"Qizilqum\"ni 1:0 hisobida taslim etdi. Shuningdek, \"Nasaf\" Qarshida \"So‘g‘diyona\" bilan murosa ko‘chasini tanladi - 0:0.
Ushbu o‘yinlardan so‘ng Superliga turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Shu tariqa, ertaga \"Paxtakor\" Toshkentda \"Surxon\"dan ustun kelsa (3 ochko olsa), chempionat yakuniga 1 tur qolganida muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qiladi. Qolaversa, 22 ochko to‘plagan \"Qizilqum\" so‘nggi turdagi natijadan qat’iy nazar o‘z o‘rnida qoladigan bo‘ldi. Bu shuni anglatadiki, navoiyliklar Superliga o‘yinlari tugagach, 6 dekabr sanasida \"Qo‘qon-1912\" jamoasi bilan Superliga yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.














